TALABA MOTIVATSIYASINING SHAXSIY RIVOJLANISH VA KASBIY TAYYORGARLIKKA TA’SIRINING O‘RGANISH JARAYONIDAGI O‘RNI

Авторы

  • Aropat Negmatova Andijon davlat pedagogika instituti,

Аннотация

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, talabalarning o‘quv jarayonidagi motivatsiyasi ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Motivatsiya yuqori bo‘lgan talaba ta’lim jarayonida faol ishtirok etib, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, bu kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish va talabalarning kelgusidagi professional muvaffaqiyatiga zamin yaratadi. Ichki va tashqi omillarning uyg‘unligi Talabalarning ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda ichki va tashqi omillar uyg‘unligi muhimdir. Ichki omillar, masalan, talabaning shaxsiy qiziqishlari va maqsadlari, motivatsiyaning barqarorligini ta’minlaydi. Tashqi omillar esa, o‘qituvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muhiti va baholash tizimi kabi jihatlar bilan ichki omillarni mustahkamlaydi. Zamonaviy yondashuvlar orqali motivatsiya oshishi Zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlarni qo‘llash talabalar motivatsiyasini oshirishda samarali vositalardir. Innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar va individual yondashuvlar yordamida talabaning o‘quv jarayoniga jalb etilishi, bilimga bo‘lgan qiziqishi va ta’lim natijalariga erishish darajasi sezilarli darajada yaxshilanadi. O‘qituvchilarni treninglardan o‘tkazish O‘qituvchilar talabalarning motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan maxsus trening va seminarlarni o‘tishlari zarur. Ushbu treninglarda pedagogik texnologiyalarni o‘rgatish, motivatsion vositalardan samarali foydalanish va talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish usullariga alohida e’tibor qaratiladi. Individual ta’lim dasturlari yaratish Talabalarni o‘z bilim va imkoniyatlariga ko‘ra rivojlantirish uchun individual ta’lim dasturlari ishlab chiqilishi zarur. Bu dasturlar talabalarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga hamda ularni qiziqtirgan sohalarda rivojlanishiga xizmat qiladi.  

Биография автора

Aropat Negmatova , Andijon davlat pedagogika instituti,

p.f.n., dotsent

Библиографические ссылки

Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining qonuni. 2016 yil 14 sentyabr.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 396 b.

Maslow, A. H. (1943). A theory of human motivation. Psychological Review, (1943), 370–396. https://doi.org/10.1037/h0054346

Загрузки

Опубликован

21.12.2025

Как цитировать

Negmatova , A. (2025). TALABA MOTIVATSIYASINING SHAXSIY RIVOJLANISH VA KASBIY TAYYORGARLIKKA TA’SIRINING O‘RGANISH JARAYONIDAGI O‘RNI. "Science Shine" International Scientific Journal. извлечено от https://science-shine.uz/index.php/ilmnuri/article/view/1423