OILAVIY NIZOLAR VA AJRALISH HOLATLARIDA BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING MILLIY-HUQUQIY MEXANIZMLARI (O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI MISOLIDA)
Ключевые слова:
bola huquqlari, oilaviy nizolar, ajralish, himoya mexanizmlari, Oila kodeksi, ijtimoiy himoya, milliy qonunchilik, oilaviy sud amaliyotiАннотация
Ushbu maqolada oilaviy nizolar va ajralish jarayonlarida bolalarning huquqiy maqomi hamda ularning manfaatlarini himoya qilish masalalari yoritilgan. Muallif O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va xalqaro huquqiy normalar asosida bola huquqlarini ta’minlashning milliy mexanizmlarini tahlil qiladi. Shuningdek, ajralish holatlarida voyaga yetmagan farzandlarning psixologik, moddiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi amaliy muammolar va takliflar keltirilgan. Tadqiqot natijalari oilaviy siyosatni takomillashtirish va bola huquqlarini samarali himoya qilish tizimini rivojlantirishga qaratilgan.