KONTAKTSIZ KOD UZATGICHLARNING FUNKSIONAL VA PRINSIPIAL SXEMALARINI ISHLAB
Ключевые слова:
mikroelektron kod uzatgich, kontaktsiz kalitlar, temir yo‘l avtomatikasi, ALS kodlari, rels zanjiri, mikrokontroller, chekli avtomatlar, kod uzatish algoritmi, ishonchlilik, Proteus simulyatsiyasiАннотация
Mazkur maqolada temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlarida qo’llaniladigan kontaktli kod uzatgich relelarining ekspluatatsiya jarayonida yuzaga keladigan ishonchlilik muammolari tahlil qilingan. Kontaktlarning tez yemirilishi, yuqori texnik xizmat talab etilishi va energiya sarfining kattaligi asosiy kamchiliklar sifatida ko‘rsatilgan. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mahalliy sharoitga moslashtirilgan birlashtirilgan mikroelektron kod uzatgich (BMKU) ning funksional va prinsipial sxemalari ishlab chiqildi. Qurilmaning ishlash prinsipi, kontaktsiz kalitlar asosida ALS kodlarini rels zanjiriga uzatish algoritmlari hamda mikrokontrollerli boshqaruv tizimi bayon etildi. Shuningdek, kod uzatgich va deshifrator ishi chekli avtomatlar nazariyasi asosida modellashtirilib, dasturiy ta’minoti ishlab chiqildi va Proteus muhitida simulyatsiya orqali tekshirildi. Olingan natijalar mikroelektron kod uzatgichlarning yuqori ishonchliligi va amaliyotda qo‘llash uchun maqbul ekanligini tasdiqlaydi.