YANGI O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TAMOYILLARINING AHAMIYATI

Авторы

  • Qudratillo IBAYDULLAEV Andijon davlat pedagogika instituti

Ключевые слова:

ta’lim, tarbiya, tadqiqot, ta’limni tijoratlashtirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, transformatsiya, innovatsiya, Renessans, ilm, fan, madaniyat, sivilizatsiya, jadidchilik harakati, ma’rifat, ma’naviyat, globallashuv, kreativ, startap, texnopark, raqamli texnologiya.

Аннотация

Mazkur maqolada insoniyat tarixining turli davrlarida har bir davlat, millat o‘z fuqarolarining ta’lim va tarbiya olishiga e’tibor qilib kelganligi e’tirof etilgan. Buning yorqin isboti sifatida I-II Renessans davrlarida G‘arb va Sharq mamlakatlarida gurkirab o‘sgan ilm-fan, san’at va madaniyat, hunarmandchilik, me’morchilik kabi barcha sohalarda erishilgan olamshumul yutuqlar keltirilgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, Uyg‘onish davrlarida buyuk mutafakkirlarimiz meros qilib qoldirgan ilmiy-amaliy, falsafiy-tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy boyliklarga suyangan holda, asosiy e’tiborini yosh avlodning bilimli va fazilatli inson bo‘lib yetishishiga qaratib, ta’lim sohaning me’yoriy-huquqiy asoslarini, moddiy-texnik bazasini yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ayniqsa, keyingi to‘qqiz yil mobaynida birinchidan, jahon sivilizatsiyasiga munosib ilmiy-nazariy hissalarini qo‘shgan Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Moturidiy, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk allomalar, ikkinchidan, bundan bir asrgina avval millatimiz ilm-ma’rifatiga, madaniyatiga, ma’naviyatiga o‘zlarining ilmiy asarlari va amaliy sa’y-harakatlari bilan salmoqli ta’sir ko‘rsatgan Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Cho‘lpon, Munavvarqori, Fitrat kabi jadidchilik harakati namoyondalari, uchinchidan, zamonaviy globallashuv davrida jahon miqyosidagi rivojlangan davlatlarning ilg‘or ta’lim tajribalaridan keng va samarali foydalanilayotgani, davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganining guvohi va ishtirokchisi bo‘lib turibmiz. Shu bilan birga, milliy mentalitetimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda jahondagi nufuzli ta’lim muassasalarining ilg‘or, innovatsion va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ijodiy tatbiq etilmoqda.

Биография автора

Qudratillo IBAYDULLAEV, Andijon davlat pedagogika instituti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professori v.b., falsafa fanlari nomzodi

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstituцiяsi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun. // O‘RQ-637., 2020.

Янги Ўзбекистон ёшлари - 2030" стратегиясини тасдиқлаш ҳамда ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида”. ПФ- 66 ., 20.04.2026-y.

“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”. // PF-58., 10.04.2026 y.

www.edu.uz

www.ziyonet.uz

Загрузки

Опубликован

10.07.2026

Как цитировать

IBAYDULLAEV, Q. (2026). YANGI O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TAMOYILLARINING AHAMIYATI. "Science Shine" International Scientific Journal. извлечено от https://science-shine.uz/index.php/ilmnuri/article/view/1686