O‘ZBEK XALQINING QADIMIY O‘YINLARI VA ULARNING ZAMONAVIY KO‘RINISHLARI
Ключевые слова:
o‘zbek xalq o‘yinlari, tarixiy an’analar, tarbiyaviy ahamiyat, zamonaviylashtirish, sportlashuv, madaniy meros, jismoniy faollik, milliy qadriyatlar.Аннотация
Mazkur ilmiy-ma’rifiy maqolada o‘zbek xalqining qadimdan to bugungi kungacha saqlanib kelayotgan milliy o‘yinlari, ularning kelib chiqish tarixi, ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Qadimiy o‘yinlar xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarining ajralmas qismi bo‘lib, ular orqali bolalarda epchillik, tezkorlik, iroda, jamoada ishlash, yutuq va mag‘lubiyatga munosabat kabi ko‘nikmalar shakllangan. Maqolada “ko‘z-ko‘z”, “kurash”, “qiz quvdi”, “chavgon”, “arqon tortish”, “kopkari” kabi o‘yinlarning mazmuni, ular o‘ynalgan muhit, o‘yin qoidalari hamda bugungi kunda ularning sport o‘yini, teleloyihalar, ommaviy tadbirlar shaklida zamonaviy talqinda davom etayotgani bayon qilinadi. Shuningdek, milliy o‘yinlar maktabgacha, maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya darslarida, to‘garaklarda va bayram tadbirlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgani misollar asosida ko‘rsatiladi. Asarda milliy o‘yinlarning yosh avlod ongida vatanga muhabbat, milliy g‘urur va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi.
Библиографические ссылки
Jo‘raqulov M. “O‘zbek xalq o‘yinlari” – Toshkent: Fan, 2002.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
Rajabov A. “Milliy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” – Toshkent: O‘qituvchi, 2010.
Turg‘unov B. “Xalq og‘zaki ijodi” – Toshkent: O‘zbekiston, 2004.