BIOLOGIYA FANIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING INTEGRATIV YONDASHUVLARI
Ключевые слова:
ekologik madaniyat, biologiya ta’limi, integrativ yondashuv, STEAM, EKO-STEAM, ekologik ong, barqaror rivojlanish, ekologik ta’lim, tabiiy-ilmiy savodxonlik.Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy biologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirishning psixologik-pedagogik jihatlari va integrativ yondashuvlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi global ekologik inqiroz sharoitida o‘quvchilarda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni uyg‘otishda fanlararo bog‘liqlikning samaradorligini asoslashdan iborat. Ishda qiyosiy-pedagogik tahlil va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanilgan. Maqolada ekologik madaniyatning tarkibiy qismlari bo‘lgan ekologik ong, qadriyat va amaliy faoliyatning o‘zaro uzviyligi tahlil qilingan. Xususan, STEAM va EKO-STEAM dasturlari misolida xalqaro tajribalar (Turkiya va Yevropa misolida) o‘rganilib, ularni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, biologiya darslarida muhandislik, san’at va matematika elementlarini integratsiya qilish o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini o‘stiradi va ekologik muammolarni real hayotiy kontekstda hal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Maqola yakunida biologiya o‘qitish sifatini oshirish va barqaror rivojlanish g‘oyalarini ta’limga joriy etish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan