O‘ZBEKISTONDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING FAOLIYAT YO‘NALISHLARI VA JAMIYATDAGI ROLI: SO‘ROVNOMA TAHLILI
Ключевые слова:
nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati, demokratiya, ijtimoiy integratsiya, O‘zbekistonАннотация
Ushbu maqolada sotsiologik so‘rov asosida O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faoliyat yo‘nalishlari va ularning jamiyatdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot 46 ta NNTni qamrab olgan, ma’lumotlar 2025-yilda to‘plangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, NNTlarning asosiy faoliyat sohalari ta’lim (45,7%), ijtimoiy himoya, huquqiy savodxonlik va yoshlar siyosatidir. Tashkilotlarning asosiy funksiyalari – fuqarolik jamiyatini shakllantirish (35%), ijtimoiy muammolarni yumshatish (24%) va fuqarolarning huquqiy ongini oshirish (17%). Aniqlanishicha, NNTlarning 72 foizi davlat organlari bilan doimiy hamkorlik qiladi, 61 foizi esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mavjudligini qayd etadi. Asosiy muammolar sifatida moliyaviy resurslar yetishmasligi (54%) va malakali kadrlar tanqisligi (17%) nomlangan. Respondentlarning atigi 24 foizi fuqarolar NNTlarning jamiyatdagi rolini to‘liq tushunadi deb hisoblaydi. Maqolada NNTlarning demokratik jamiyat qurilishidagi rolini kuchaytirish yo‘llari taklif etiladi.
:
Библиографические ссылки
Madayeva, Sh. “O‘zbek mentalitetida demokratik tafakkur shakllanish xususiyatlari”. Doktorlik dissertatsiyasi. (демократик тафаккурни шакллантириш.pdf)
Madayeva, Sh. Demokratik tafakkur va fuqarolik jamiyati masalalari. Toshkent, 2020.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi farmoni. 2021.
Abazov, H. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari va muammolari. Toshkent, 2022.
Karimov, I. “Fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanish tendensiyalari”. Ijtimoiy fanlar jurnali, 2023, №2, 45-58-betlar.
Xolmatov, U. “NNTlarning moliyaviy barqarorligi masalalari”. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 2024, №1, 112-120-betlar.
Yoshlar siyosati va NNTlar hamkorligi bo‘yicha hisobot. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, 2024.
Xalqaro tajriba va O‘zbekiston: NNTlarni qo‘llab-quvvatlash modellari. UNDP hisoboti, 2023