MENTORLIK FAOLIYATINING TARIXIY ILDIZLARI: SHARQ RENESSANSI ALLOMALARI MEROSI VA ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDAGI MUAMMOLAR TAHLILI
Ключевые слова:
mentorlik faoliyati, ustoz-shogird munosabatlari, Sharq Renessansi, pedagogik meros, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, ta’lim tizimi, tarbiyaviy ishlar, tarixiy-pedagogik tahlil.Аннотация
: Ushbu maqolada mentorlik faoliyatining tarixiy ildizlari va rivojlanish bosqichlari Sharq Renessansi mutafakkirlari merosi asosida tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi mentorlik fenomenining genezisini ochib berish hamda uning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni va muammolarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-pedagogik, qiyosiy-tahliliy va konseptual yondashuvlar qo‘llanilib, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy hamda Mirzo Ulug‘bek kabi allomalarning ilmiy qarashlarida aks etgan ustoz-shogird munosabatlari mentorlik faoliyatining dastlabki modeli sifatida talqin qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Sharq Renessansi davrida shakllangan individual yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan tarbiya va ma’naviy yetakchilik tamoyillari zamonaviy mentorlik konsepsiyasining asosini tashkil etadi. Shu bilan birga, hozirgi ta’lim tizimida mentorlik faoliyatining institutsional rivoji yetarli emasligi, individual ishlash mexanizmlarining sustligi va metodik ta’minotning cheklanganligi kabi muammolar aniqlangan. Maqolada tarixiy meros va zamonaviy pedagogik yondashuvlar integratsiyasi asosida mentorlikni takomillashtirish yo‘nalishlari asoslab beriladi.
Библиографические ссылки
Abu Nasr Farobiy. Forobiy, A. Fozil odamlar shahri. -Toshkent: Fan, 1993.
Ibn Sino. Ibn Sino. Tib qonunlari. -Toshkent: Fan, 1981.
Alisher Navoiy. Navoiy, A. Mahbub ul-qulub. -Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.
Abu Hamid al-Ghazali. Al-G‘azzoliy, Abu Homid. Ihyo ulumi-d-din. -Bayrut: Dar al-Kutub al-‘Ilmiyya, 2005. -4 jild.
Muhammad al-Bukhari. Al-Buxoriy, Muhammad ibn Ismoil. Al-jome’ as-sahih (Sahih al-Buxoriy). -Bayrut: Dar Ibn Kasir, 2002.
Crisp, G., Cruz, I. Mentoring college students: A critical review of the literature // Research in Higher Education. -2009. -Vol. 50, No. 6. -P. 525–545