TURKIY XALQLAR ADABIYOTI TARJIMASIDA MILLIY REALIYALARNI QAYTA YARATISH MUAMMOLARI
Ключевые слова:
badiiy tarjima, turkiy xalqlar, milliy realiya, milliy kolorit, tarjima transformatsiyasi, lingvomadaniyat.Аннотация
Maqolada turkiy xalqlar adabiyoti namunalarini boshqa turkiy tillarga tarjima qilish jarayonida milliy realiyalarni qayta yaratish masalalari tadqiq etiladi. Badiiy matnda xalqning moddiy va ma’naviy hayoti, urf-odatlari, an’analari, milliy taomlari, kiyim-kechaklari, marosimlari, geografik nomlari, tarixiy-madaniy tushunchalari hamda folkloriga oid birliklar milliy realiyalar sifatida namoyon bo‘lishi va ularning tarjimada berilishi alohida yondashuvni talab qilishi yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz va turkman tillari o‘rtasidagi tarixiy-lingvistik yaqinlik realiyalar tarjimasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi.