AFRIG‘IYLAR DAVRIDA XORAZM QISHLOQ JAMOALARIDA IJTIMOIY TABAQALANISH JARAYONLARI: IQTISODIY VA IJTIMOIY OMILLAR
Ключевые слова:
Afrig‘iylar, Xorazm, qishloq jamoasi, ijtimoiy tabaqalanish, mulkiy tengsizlik, dehqonchilik, sug‘orish tizimi, yer egaligi, zodagonlar, arxeologik manbalar, numizmatika, ilk o‘rta asrlar.Аннотация
Mazkur maqolada Afrig‘iylar sulolasi hukmronligi davrida Xorazm hududidagi qishloq jamoalarida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkiy tengsizlikning kuchayishi va ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari tahlil qilinadi. Qishloq xo‘jaligi, sug‘orish tizimi, yer va suv resurslaridan foydalanish hamda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi jamiyatning ichki tuzilishiga ta’sir ko‘rsatgan. Mazkur davrda jamoa a’zolari o‘rtasida mulkiy farqlarning kuchayishi, zodagonlar va oddiy jamoa a’zolari mavqeining farqlanishi, shuningdek, davlat va mahalliy boshqaruv tizimining qishloq jamoalariga ta’siri ortib borgan. Arxeologik topilmalar, numizmatik materiallar va yozma manbalar asosida Afrig‘iylar davridagi Xorazm jamiyatining ijtimoiy tuzilishi yoritiladi.