ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” ASARIDA RANGLAR TILI VA ULAR ANGLATGAN MA’NO XUSUSIYATLARI

Авторы

  • Zilolaxon Urayimova Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: “Sab’ai sayyor” dostoni, “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy”, “Xamsa”, ma’nosi, moviy rang. ranglar ma’nosi, ramziylik, muloqot, verbal muloqot, noverbal muloqot, I. Gyote, sandal rangi, ranglar tili, qizil rangdagi ramziylik, sariq rangi ramzi, oq rangi ramziyligi, qora rangi ramziy

Аннотация

Annotatsiya: O‘zbek adabiyotidagi asarlarda ranglardan foydalanish hozirgi kunda ham muhim ahamiyatga ega. Ular orqali yozuvchi kitobxonlarga noverbal ma’lumot yetkazib berishadi. Noverbal ma’lumotlarda ramziylik mavjud bo‘lib, ularning har biri alohida ma’no anglatadi. Shu bilan bir qatorda ranglar tili uzoq vaqtlardan beri turli xil ma’daniy e’tiqodlar, his-tuyg‘ular, ichki ma’no hatto urf-odatlarni ham yetkazib beradi. Har bir rangning o‘zi anglatadigan ma’nosi mavjud. Rang psixologiyasi soha mutaxassislarining aytishicha, ma’lum bir ranglar ma’lum bir kayfiyatlarni uyg‘ota oladi va hattoki xulq-atvor va salomatlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Asarda ramziy ma’no anglatadigan predmetlar asarning jozibadorligini oshiradi. Masalan: sariq rang juda yorqin rang hisoblanib, u juda tez e’tibor tortuvchi va u o‘zidan yuqori darajadagi yorug‘likni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan rangdir. Asarda foydalangan raqamlar ham sirli raqamlar qatoriga kirib, ular o‘zbek adabiyotida ko‘p qo‘llangan. Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Xamsa” asarining to‘rtinchi “Sab’ai sayyor” dostonida ramziylik, ranglarning mavjudligi va ular anglatgan ma’no va malumotlar tahlil qilib o‘tilgan.

Загрузки

Опубликован

19.05.2024

Как цитировать

Urayimova, Z. (2024). ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” ASARIDA RANGLAR TILI VA ULAR ANGLATGAN MA’NO XUSUSIYATLARI. "Science Shine" International Scientific Journal, 13(1). извлечено от https://science-shine.uz/index.php/ilmnuri/article/view/275