QISQICHBAQASIMONLAR (CRUSTACEA) SINFI VAKILLARINING AHAMIYATI VAULARNING FOYDALI XUSUSIYATLARI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Crustacea, furka, akron, telson, antenullalar, antennalar, mandibula, protatsefalan, gnatotsefalon, epipadit, siklop protapodit, ekzopadit, kardial, ostiylar, deytotserebrun.Аннотация
Annotatsiya: Yashash muhiti va tarqalishi. Qisqichbaqasimonlar birlamchi suv hayvonlari hisoblanadi. Asosiy ko‘pchilik turlari suvda yashaydi; ayniqsa dengizlarda tarqalgan. Ular chuchuk suvlarda ham uchraydi. Bir qancha vakillari quruqlikda hayot kechiradi(zaxkashlar, ayrim krablar). Qisqichbaqasimonlar (kalanuslar, diaptomuslar, dafniyalar, sikloplar) dengiz va chuchuk suv planktonining 90% idan oshiqroq qismini tashkil etadi. Ko‘p turlari suv tubida harakat qilib hayot kechiradigan bentos hayvonlari hisoblanadi (daryo qisqichbaqasi, omarlar, krabalar, langustlar). Mo‘ylovoyoqli qisqichbaqasimonlar esa o‘troq hayot kechiruvchi bentos hayvonlarga kiradi. Turli krevetkalar suv qa’rida suzib yuradi. Qisqichbaqasimonlar orasida suv hayvonlari tanasida parazitlik qilib hayot kechiradigan turlari ham bor.
Qisqichbaqasimonlar eng keng tarqalgan hayvonlar bo‘lib, ularni tropikadan boshlab shimoliy mintaqalardagi barcha suv havzalarida, g‘orlardagi ko‘llarda, hovuzlarda va ayrim ko‘lmak suvlarda uchratish mumkin. ular ko‘pchilik dengiz hayvonlari, jumladan baliqlar uchun asosiy oziq hisoblanadi. Yer yuzida eng yirik hisoblanadigan tishsiz kitlar ham mayda plankton qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Krevetkalar, krabalar, omarlar, daryo qisqichbaqalari va boshqa oziq uchun ishlatiladigann turlari ovlanadi. Qisqichbaqasimonlar sinfiga 30 mingga yaqin bo‘g‘imoyoqlilar kiradi.