O‘ZBEK TILIDA MUROJAAT BIRLIKLARINING IJTIMOIY XOSLANISHI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: murojaat birliklari, sotsiolingvistika, til, muloqot, tovush.Аннотация
Annotatsiya: Maʼlumki, har bir tilga tegishli murojaat birliklari tarixan shakllangan boʻlib, jamiyat va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi natijasida davrga mos tarzda oʻzgarib boradi. Soʻnggi yillarda tadqiqotchilarni sotsiolingvistik aspektda olib borayotgan tadqiqot ishlarida, muayyan jamiyatda til vositalarini amaliy qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari qiziqtirmoqda va bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar orasida murojaat birliklariga ham turlicha taʼriflar berilgan. Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi ushbu muammolarning turli tomonlarini oʻrganish zaruriyatini tugʻdiradi. Shubhasiz, til va jamiyat oʻrtasidagi mustahkam bogʻliqlik tilning ijtimoiy xususiyatlarini yuzaga chiqaradi. Shuning uchun tilshunoslik va sotsiologiyaning dolzarb masalalari sotsiolingvistik yoʻnalishda yangi tadqiqot mavzularining paydo boʻlishiga olib kelmoqda. Murojaat birliklari haqida olimlarning fikrlari va fanda qanday o‘rganilib tadbiq qilishini haqida ma’lumotlar beraman.