TURLI XIL NAMUNALARDAN SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALAR AJRATISH VA MALDI-TOF MS YORDAMIDA IDENTIFIKATSIYA QILISH
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: MALDI-TOF MS, Lactobacillus, Pediococcus, qimiz, qumron, pishloq, dengiz karami, brinza, chaqaloq axlatiАннотация
Abstract. So‘nggi paytlarda mikroorganizmlarni identifikatsiya qilishning kuchli usuli sifatida massa spektrometriyasining (MALDI-TOF MS) matritsali lazerli desorbsiya/ionlash vaqti usuli ishlab chiqildi. Ushbu tadqiqotda MALDI-TOF MS yordamida 2 xil mahalliy pishloq namunalari, qimiz, qumron, dengiz karami (Yapon laminariyasi), antibiotiklar qabul qilmagan 6 oylik chaqaloq axlati va brinza namunalaridan sut achituvchi bakteriyalarining (SAB) shtammlari aniqlandi. Sut achituvchi bakteriyalar MRS agarda 37 °C da o‘stirildi. Gram-musbat va katalaza-salbiy shtammlar MALDI-TOF MS orqali identifikatsiyadan o‘tkazildi. MALDI-TOF MS identifikatsiyasi SABga tegishli ikkita avlod - Lactobacillus, Pediococcus shtammlarini aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot natijalaridan shu ma’lum bo‘ldiki, namunalar tarkibida Lactobacillus avlodiga mansub Lactobacillus fermentum (16 ta) eng ko‘p uchradi. Bundan tashqari Lactobacillus rhamnosus (4 ta) va Pediococcus acidilactici (2 ta) aniqlandi. Tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki, MALDI-TOF MS Sut achituvchi bakteriya shtammlarini identifikatsiya qilishi uchun arzon va qulay usul bo‘lishi mumkin.