XOTIN-QIZLARGA NISBATAN JINSIY ZO‘RLIK ISHLATIB SODIR ETILADIGAN JINOYATLARNING SUBYEKTIV TOMON TAHLILI

Авторы

  • Xadichaxon Abdurasulova Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti e-mail: xadichaabdurasulova06@gmail.com

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: zo‘rlik, jinsiy zo‘rlik, xotin-qizlarga nisbatan zo‘rlik, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan, xotin-qizlarga nisbatan jinsiy zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar.

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqolada xotin-qizlarga nisbatan jinsiy zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning subyektiv tomon xususiyatlari bilan bog‘liq masalalar tahlil qilingan. Muallif tomonidan mazkur turdagi jinoyatlar faqat to‘g‘ri qasddan sodir etilishi asoslab berilgan. Ammo ayrim hollarda xotin-qizlarga nisbatan jinsiy zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan moddalarning og‘irlashtiruvchi qism bandlarida keltirilgan holatlar ehtiyotsizlik orqasidan ham sodir etilishi mumkinligi to‘g‘risidagi masalalar olimlar fikrlari asosida tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 118 va 119-moddasi 3-qismi “a”-bandida nazarda tutilgan “voyaga yetmagan shaxsga nisbatan” jinoyat sodir etishda aybdor tomonidan jabrlanuvchining yoshini bilgan yoki bilmaganlik faktining jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’siri qay darajada ekanligi batafsil yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan muallifning shaxsiy fikrlari bayon etilgan. Bundan tashqari, xotin-qizlarga nisbatan jinsiy zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning asosan aybdor tomonidan ko‘p hollarda jinsiy xohishlarini qondirish motiv va maqsadlarida sodir etilishi to‘g‘risidagi fikrlari tahlil qilingan.

Загрузки

Опубликован

03.06.2024

Как цитировать

Abdurasulova , X. (2024). XOTIN-QIZLARGA NISBATAN JINSIY ZO‘RLIK ISHLATIB SODIR ETILADIGAN JINOYATLARNING SUBYEKTIV TOMON TAHLILI. "Science Shine" International Scientific Journal, 17(1). извлечено от https://science-shine.uz/index.php/ilmnuri/article/view/425