O‘ZBEKISTON MADANIYATIDAGI TASVIRIY SAN’AT TARIXIY JANRDAGI ASARLARNI MOHIRONA AKS ETTIRISH QOIDALARI: TARIXIY JANRDAGI ASARLARNI YARATISHDA KOMPOZITSIYA
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Tasviriy san’at, tarixiy janr, bezak, madaniyat.Аннотация
Tasviriy san’atning tarixiy janrida yaratilgan asarlar bilan yoshlar maktabdayoq tanishishlari kerak. O‘zbekiston madaniyatidagi tasviriy san’atni o‘qitishni xuddi shunday boshlash kerak. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yoshlar nafaqat o‘zining taniqli adabiyotchilari, olimlari, siyosatdonlarini, balki ajoyib asarlar yaratgan taniqli rassomlarni ham yaxshi biladi. Rivojlangan xalq barkamol shaxslar bilan mamlakat esa o‘zining fuqorolari bilan qudratli. Ezgu g‘oyalar kishilar qalbiga bevosita yo‘l topadi. Ular badiiy asarlar, ajoyib she’rlar va musiqalardan iborat bo‘ladi. Tasviriy san’at ustalari qoralamadan qoralamaga, eskizdan eskizga o‘tib borib o‘z maqsadiga erishishga, ya’ni o‘z asarlarini yaratishga xarakat qiladi. Ijodiy izlanishlar jarayonida ular Sharq va G‘arbning tasviriy lisonini uyg‘unlashtirishga harakat qilmoqdalar, badiiy tasvir vositalari va usullari bilan sintez va uyg‘unlik yaratmoqdalar, bu ular yaratayotgan asarlarning shakl-shamoyili, rangi va kompozitsiyasini boyityapti. Shu asnoda asta-sekin O‘zbekiston tasviriy san’atida asosiy asar bo‘lib qolyapti.