DORIVOR ARPABODIYON PIMPINELLA ANISUM L O‘SIMLIGINI TURLI TUPROQ IQLIM SHAROITIDA UNUVCHANLIGI
Ключевые слова:
Kalit soʻzlar: Pimpinella Anisum L, Urug‘ unuvchanligi, elita, tuproq, mexanik tarkib, efir moyi , anetol, bronxit, tuxumsimon, Labaratoriya tahliliАннотация
Annotatsiya. Ushbu maqolada xalq tabobatida, zamonaviy tibbiyotda va oziq ovqat sanoatida keng qo‘llaniladigan dorivor Pimpinella Anisum L o‘simligini labaratoriyada urug‘ unuvchanligini turli tuproq iqlim sharoitida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Olib borilgan tajriba natijasida yurtimizning turli xil muhitdagi tuproqlarda Pimpinella Anisum L yetistirishga tavsiya ishlab chiqish asosiy maqsad qilib belgilab olingan. urug‘lari ishtaxa ochuvchi, yel haydovchi, balg‘am yumshatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. O‘simlik ilmiy tibbiyotda ham keng qo‘llaniladi. Pimpinella Anisum L antioksidant, antibakterial, zambrug‘larga qarshi, viruslarga qarshi, laktogen xususiyatga ega ekanligi zamonaviy tibbiyotda ham isbotlangan.